Gvardiola hozirgi kundagi dunyoning eng yaxshi jamoasini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Londonning "Arsenal" jamoasini ayni paytda dunyodagi eng kuchli futbol klubi, deb hisoblayotganini bildirdi.
"Arsenal" — hozirgi kunda dunyodagi eng yaxshi jamoa. Chempionlar ligasi, Angliya Premyer ligasi, Angliya Kubogi va Liga Kubogidagi o‘yinlariga qarang. Umid qilaman, biz ularga yaqinlasha olamiz. Ular esa bizga yetib olish imkoniyatini beradi", — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi "BBC".
Angliya chempionatining 22-turidan so‘ng "shaharliklar" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va "Arsenal"dan 7 ochko orqada qolmoqda.
Ertaга, 24 yanvar kuni, "Manchester Siti" o‘z maydonida "Vulverxempton" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar