Gvardiola Husanovni “Liverpul”ga qarshi muhim o‘yin oldidan alohida tilga oldi

  • 04.04.2026 13:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” Angliya klublari orasidan birinchi boʻlib, mavsumning ilk sovrinini qoʻlga kiritgan edi. Xosep Gvardiola shogirdlari yaqinda Angliya ligasi kubogi finalida joriy chempionat peshqadami “Arsenal”ni 2:0 hisobida engib, yutuq egasi boʻldi.

Finalda juda ishonchli oʻynagan Abduqodir Husanov professional faoliyati davomida legioner sifatida ilk nufuzli sovriniga ega chiqdi.

Endi manchesterliklarni yana bir muhim toʻqnashuv kutmoqda. “Shaharliklar” oʻz muxlisari koʻz oʻngida Angliya kubogi chorak finalida mamlakatning amaldagi chempioni  “Liverpul” bilan kuch sinashadi.

Bu uchrashuv oldidan Xosep Gvardiola  markaziy himoyachi Abduqodir Husanov va yarim himoyachi Niko Gonsalesning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

- Abduqodir Husanov va Niko Gonsales — bu oʻz holatiga hech qachon koʻnikib qolmaydigan va hech narsani oʻz-ozidan boʻladi, deb qabul qilmaydigan oʻyinchilar.

Ular tinimsiz qattiq mehnat qiladi va hatto besh daqiqa yoki bir daqiqaga boʻlsa ham maydonga tushishga har doim tayyor. Jamoada bunday oʻyinchilar borligidan mamnunman, - dedi Xosep Gvardiola City Xtra nashriga.

“Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan cityxtra.co.uk sayti ekspertlari ham Abduqodir Husanov “Liverpul” bilan boʻladigan kubok oʻyinini asosiy tarkibda boshlashini kutmoqda.

- Ushbu mavsumda ikki marta jamoaning “oy futbolchisi” boʻlgan yagona oʻyinchi –  Abduqodir Husanov bir necha bor dunyoning eng kuchli hujumchilariga qarshi turishga qodir ekanini isbotladi va bu oʻyin unga buni yana bir bor namoyon qilish imkonini berish zarur.

“Liverpul” bu mavsumda qiyinchilikka duch kelayotgan boʻlsa-da, jamoada hali ham har qanday himoyaga muammo tugʻdirishga yetarli hujum salohiyati bor va Abduqodir Husanovning tezligi hamda kuch-quvvati bu tahdidga qarshi ideal javob boʻlishi aniq, - deb yozdi mazkur manba eksperti Josh Uebb.

“Manchester Siti” va “Liverpul” oʻrtasidagi Angliya kubogi chorak final uchrashuvi 4 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da boshlanadi. 

Shomurodov: Ular menga har bir uchrashuvda oʻynaysan, deyishdi!

The Athletic: Husanov – “ozbekcha Ronaldu”!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Olmaliqda tugʻilgan futbolchi transferini Manchester va Madrid superklublari soʻradi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!