Gvardiola jamoa o‘yinini kuchaytiradigan futbolchi topdi

  • 8 mart, 2021, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida maydon markazini kuchaytiradigan futbolchi olishga qaror qildi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis bu o‘ringa “Yuventus” vakili Adrien Raboni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Gvardiola tez orada futbolchi bilan shaxsan gaplashib oladi. Chunki, u Raboga muayyan muddat o‘yin amaliyotini kafolatlay olmasligini tushuntirmoqchi.

Adrien Rabo turinliklar safiga 2019 yilning yozida erkin agent sifatida qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda A Seriyada 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi. “Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo frantsiyalik futbolchi kelajakda yanada kuchli o‘yin ko‘rsatishiga ishonayotgani bois, Rabo Turindan ketishga shoshilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!