
Gvardiola Kevin De Bryuyne o‘rniga qimmatbaho yulduzni tanladi
Joriy mavsum yakunlanishi bilan “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyni jamoani tark etishi kutilmoqda.
32 yoshli belgiyalik futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishni va kelajak uchun mablag‘ jamg‘arishni rejalashtirgan.
Xosep Gvardiola jamoasi uchun yangi pleymeyker tanladi. Ispaniyalik mutaxassis tarkibda “Bavariya” yulduzi Jamol Musialani ko‘rmoqchi.
Team Talk nashrining yozishicha, “shaharliklar” 21 yoshli o‘yinchi uchun myunxenliklarga 100 million evro taklif qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Shunga qaramay, Musialani olish oson bo‘lmaydi. Bu futbolchiga “Real”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” kabi grand klublar ham da’vogarlik qilyapti.
Fikrlar