
Gvardiola Kevin De Bryuynening ahvoli haqida ma’lum qildi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kevin De Bryuynening ahvoli haqidagi savolga javob berdi.
Belgiyalik yarim himoyachi mavsum boshidayoq jiddiy jarohat olib safdan chiqqan edi. U joriy mavsum bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tusha oldi.
"Kevin allaqachon yugurishni boshlagan, ammo hozircha alohida shug‘ullanmoqda. U qaytishga to‘liq tayyor bo‘lsa, biz uni mamnuniyat bilan kutib olamiz", - deya Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda "City Xtra".
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" Angliya premer-ligasining 15-turidan keyin 30 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar