Gvardiola “Manchester Siti”ni qachon tark etishi aniq bo‘ldi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yozda jamoani tark etishga qaror qildi. Bu haqida "Goal24" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Gvardiola ketishi haqida allaqachon klub rahbariyatiga xabar qilgan. Pep "Siti"da o‘z davri yakunlayotganini his qilmoqda. 2026 yil ispaniyalik mutaxassis uchun "shaharliklar"dagi oxirgi ish yili bo‘ladi.
"Siti" Pepning o‘rniga Michel Sanches, Xabi Alonso va Oliver Glasner nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yildan beri Manchester klubini boshqarib kelmoqda. Hozirda klub APL turnir jadvalida 43 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egalab turibdi.

Fikrlar