Gvardiola markaziy himoyachini sotib yuboradi

  • 29 avgust, 07:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” 30 yoshli shveytsariyalik markaziy himoyachi Manuel Akanjini sotib yuborishga qaror qilgan. Nufuzli manba –  esteemedkompany.com portali ekspert Adam Marrettning ta’kidlashicha, klubning bu qarori Xosep Gvardiola Akanjining o‘rniga yangi mavsumda Abduqodir Husanovni ko‘proq o‘ynatishni maqsad qilgani bilan bog‘liq.

Tecno

“Shaharliklar” yaqinda “Galatasaroy”ning Akanji bo‘yicha 15 million funt sterling badal summasi ko‘rsatilgan taklifini qabul qilgandi. Biroq Manuelning o‘zi Turkiya Superligasiga ko‘chib o‘tish variantini ma’qullamay turibdi.

Shu voqeadan keyin Akanji oldida yangi loyihalarga yo‘l ochildi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, shveytsariyalik himoyachiga Italiyadan “Milan”, Germaniyadan “Bayer” va Angliyaning o‘zidan “Kristal Pelas” hamkorlik shartnomasini berishga tayyor.

Ayni paytda Akanji keyingi faoliyatini qaerda davom ettirish haqida bosh qotiryapti. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!