Gvardiola muxlislarnig chaqiriqlariga javob berdi

  • 20.05.2026 15:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Bornmut"ga qarshi uchrashuvdan keyin muxlislarning chaqiriqlariga munosabat bildirdi.

37-tur bahsi 1:1 hisobida yakunlandi va “shaharliklar” muddatidan avval chempionlik imkoniyatini yo‘qotdi. O‘yindan so‘ng tribunallardagi muxlislar ispaniyalik mutaxassisga qarata "Yana bir yil!" deb qo‘shiq kuylashdi.

"Men futbolni yaxshi ko‘raman, ishimi yaxshi ko‘raman va bu klubda bo‘lish menga yoqadi. Hozir ham shu yerdaman va bundan mamnunman.

Muxlislarning chaqiriqlarimi? Ular meni shunchalik yaxshi ko‘rishadi, men esa ularni bundan ham ko‘proq yaxshi ko‘raman", — dedi Gvardiola.

Shu bilan birga, Pep hozircha klubdan ketishini rasmiy tasdiqlamadi. Uning aytishicha, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!