Gvardiola nega Husanovni o‘ynatmay qo‘ydi?

  • 3 aprel, 11:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining 30-turida “Lester”ga qarshi uchrashuvda “Manchester Siti” qaydnomasiga kiritilmadi.

2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turnirining Eron terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan oxirgi uchrashuvda 21 yoshli himoyachining o‘z darajasida o‘ynay olmagani, Angliyaga qaytib, mamlakat kubogi doirasida “Bornmut” bilan bo‘lgan bahsning tanaffusida zaxiraga olingani muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Legionerimiz o‘yinida kuzatilgan kichik pasayish ortidan “Lester”ga qarshi bellashuvga jalb qilinmagani turlicha talqin qilindi. Qizig‘i shundaki, Husanov Manchesterga kelganidan buyon ilk marotaba uchrashuv qaydnomasidan tashqarida qoldi.

Taniqli jurnalist Saymon Baykovski bu vaziyatga oydinlik kiritdi. Bu manba Husanovning qaydnomaga kiritilmagani sababi jarohat yoki boshqa omillarga bog‘liq emasligini, balki Xosep Gvardiola Abduqodirga yaxshilab hordiq chiqarishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratib berganini ta’kidladi.

Darhaqiqat, jahon chempionati saralash turniri doirasida qisqa muddatda ikkita og‘ir o‘tkazgan va safar charchog‘idan to‘liq forig‘ bo‘lmagan yosh o‘yinchi uchun bu imkoniyatni ayni muddao bo‘ldi, deyish mumkin.

Ta’kidlash joizki, aksariyat mutaxassislar Abduqodir Husanovni “Manchester Siti”da yorqin kelajak kutib turganini va o‘zbek legioneri tez orada jamoaning haqiqiy etakchilaridan biriga aylanishini ta’kidlamoqda.

Xususan, taniqlik futbol skauti Jenk Chetin 21 yoshli o‘zbek futbolchisining kuchli tomonlarini va xalqaro futbol jamoatchiligi e’tiboriga qachon tushganini  aytib o‘tdi.

- 2023 yili Argentinada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi jahon chempionatida Abduqodir Husanov to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi. O‘zbek futbolchisi havodagi kurashlarda raqiblariga birorta imkoniyat qoldirgani yo‘q.

Husanov kuch-quvvati va jismoniy ustunliklaridan tashqari tezkor va chaqqon o‘yinchi sifatida o‘zini ko‘rsata oldi.

Nimchorak finalda Isroilga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda Husanov o‘yinni o‘qish qobiliyati, pozitsiya tanlash mahorati, to‘pni olib qo‘yish va raqib hujumchisi bilan birga bir vaziyatda qanday o‘ynash bo‘yicha yuqori daraja namoyish qildi. Abduqodir raqibning Anan Xalili va Tay Abid kabi baquvvat va texnikasi kuchli hujumchilariga etarli darajada qarshi tura oldi.

Husanovning kelajagi haqida gapirganda, u Xosep Gvardiola qo‘l ostida yanada yuksak darajaga chiqishini ta’kidlash lozim. Til bilish bo‘yicha to‘siqlar bartaraf bo‘lganidan keyin Abduqodir “Manchester Sthiti” tarkibida eng muhim figuralardan biriga aylanadi, - dedi Jenk Chetin.

  Bundan tashqari, Jenk Chetin skaut sifatida Markaziy Osiyoda futbol jadal rivojlanayotgani va bu mintaqa futbol bozorida yangi raqobatbardosh mintaqa sifatida namoyon bo‘layotganiga alohida e’tibor qaratdi. Uning fikricha, Abduqodir Husanov kabi fenomenlar ta’sirida bu mintaqaga bo‘lgan qiziqish yanada kuchayib boraveradi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2025 yilning 20 yanvar uni Frantsiyaning “Lans” jamoasidan “Manchester Siti”klubiga jami 50 million (40 million evro badal puli + 10 million evro bonus)evroga transfer qilindi. Legionerimizning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. 

Fayzullaevning “Benfika”ga transferi barbod bo‘lgan. Sababi aniq...

Agent Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi. Manzil faqat TOP-LIGA!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
03/04/2025 11:51
узбекистонликларни ёмон аураси ва узбек амалдорлари билан тадбирда юрганлик касофати йуколиб кетганидан сунг, уйинда тушади!
харом еган амалдорлар билан бир столда утириб келганидан сунг, унга хам зарарли одатлар утириб колган. бироз вакт утгач, олдингидек зур формага утади
&
Адхамжон Низомов
03/04/2025 12:07
Яхшилаб хордик чикариб,кейин жангга.Омад,Абдукодир.
Baxil Alihuja
03/04/2025 11:59
Абдукодир робот эмас, ситини барча уйинида тушиши шарт эмас, керакли уйинда тушса етарли!