Gvardiola nega Xoland gol urmayotganini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Erling Holand jamoasining o‘yini tufayli gol ura olmayotganini aytdi. 25 yoshli norvegiyalik futbolchi so‘nggi to‘qqizta o‘yinda faqat bir marta - "Brayton" darvozasiga penalti dan gol urgan. Golsiz seriya beshta o‘yinga yetdi.
- Holand hali ham qattiq charchaganini sezayaptimi?
- Ko‘ramiz. Uning gol urmayotganining sababi - jamoa. Jamoa yaxshiroq o‘ynashi, ko‘proq vaziyatlar yaratishi kerak va u gol uradi. Hujumchilarga, bombardimonchilarga hech qachon past baho bermang, chunki ular har doim sizni jim bo‘lishga majbur qiladi. U umrining oxirigacha gol uradi, bu aniq", - dedi Pep.
Chorshanba kuni "Siti" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida "Galatasaroy"ni qabul qiladi.
Fikrlar