Gvardiola PSJga qarshi o‘yindan oldin "Manchester Siti" muxlislariga ajoyib xushxabarni ma’lum qildi

  • 22 aprel, 2021, 21:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening jarohati avval kutilganidek jiddiy bo‘lib chiqmadi.

29 yoshli futbolchi endi UEFA Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta oladi. Bu haqda “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola aytib o‘tdi.

“Jarohat biz kutgandek jiddiy emas va u ancha yaxshi harakat qilmoqda. U, katta ehtimol bilan Chempionlar ligasi yarim final o‘yiniga tayyor bo‘ladi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

De Bryuyne joriy mavsum “Manchester “Siti” safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 16 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

PSJ – “Manchester Siti” uchashuvi 28 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!