Gvardiola: "Real" chiqib ketgani bilan Chempionlar ligasini yutish engillashib qolmaydi

  • 12.03.2019 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Real” Madridning Chempionlar ligasidan chiqib ketgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Agar odamlar “Real” musobaqadan chiqib ketgach buyog‘iga oson bo‘ladi deb o‘ylashsa, demak ular hech narsani tushunishmaydi. EChLda ketma-ket 3ta chempionlik, so‘nggi 5ta mavsumda 4ta kubok. “Real” so‘nggi 10 yillikning eng zo‘r jamoasi edi. Ularning musobaqadan chiqib ketganiga aqlbovar qilmaydi. Shaxsan men uchun “Real” bu safar ham favorit edi. Biroq, shunga qaramay “Real” hali ham ajoyib jamoa.

Biz chorak finalga chiqamiz deb umid qilamiz. Lekin, u erda “Real” darajasidagi kuchli jamoalar bo‘ladi”, - deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 1/8 finalda “Shalke”ga qarshi bahs olib bormoqda. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahsda 3:2 hisobida “shaharliklar”ning qo‘li baland kelgan edi. Javob o‘yini esa bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!