Gvardiola "Real"ga qarshi bahsda nega birorta ham o‘yinchi almashtirmaganini izohladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Real"ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi yarim final dastlabki bahsida nega birorta ham almashtirishni amalga oshirmagani haqidagi savolga javob berdi.
“Nega o‘zgartirishlar bo‘lmadi? Chunki barcha o‘yinchilar mukammal tartibda edi. Silva va Grilish to‘pni yaxshi ushlab turishdi, bizga aynan mana shu narsa kerak edi. "Real"ning qarshi hujumlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasdi. Agar o‘yin “yonganda”, u holda raqib nimadir qilishi mumkin edi. Shuning uchun biz o‘yin sur’atini pasaytirdik”, - dedi ispaniyalik murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, “Santyago Bernabeu”da kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Javob o‘yini 17 may kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar