Gvardiola “Real”ga qarshi oʻyinda qanday xatoga yoʻl qoʻyganini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida o‘z qarorlari haqida gapirdi. Jamoa hafta davomida Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki o‘yinida "Real" mehmoni bo‘lib, 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
- "Real"ni yutdikmi yoki yutqazdikmi? Yutqazdik. Demak, tarkib tanlovi yomon bo‘lgan. "Nyukasl"ni yutdikmi yoki yutqazdikmi? Yutdik. Demak, tarkib yaxshi tanlangan.
- Ya’ni tarkibni o‘zgartirish kerak emasmidi?
- Yo‘q. Yo‘q. Yo‘q. Angliya Kubogi yoki Liga Kubogi bo‘ladimi, har doim o‘z qarorlarim haqida o‘ylayman. Men jamoa uchun eng yaxshisini tanlayman”,-dedi “Siti” ustozi.
"Manchester Siti" 14 mart, shanba kuni Angliya chempionatida "Vest Xem" mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar