Gvardiola "Real"ga qarshi o'yindan so'ng Husanov va bir nechta futbolchilar haqida gapirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan "Real Madrid"ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoadagi yosh futbolchilar haqida fikr bildirdi.
"Husanov uchun bu Chempionlar ligasidagi birinchi o‘yin bo‘ldi. Rayan Sherki uchun ham bu turnirdagi ilk bahs edi. Antuan Semenyo ham birinchi marta Chempionlar ligasida, u ham bo‘lsa, "Bernabeu"da debut qildi.
Bunga vaqt kerak. Bu yerdagi dastlabki mavsumlarimiz ham doim ham mukammal o‘tmagan. Masalan, "Monako"ga qarshi aynan shu bosqichda musobaqadan chiqqan edik. Hozir jamoada juda ko‘p yangi futbolchilar bor, ammo men ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim.
Hatto Madriddagi dastlabki 15–20 daqiqa va bu yerdagi birinchi 15–20 daqiqa ham jamoamizning darajasini ko‘rsatdi. Biz o‘sha paytlarda o‘yin ichida edik", — dedi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, "shaharliklar" nimchorak finalda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Real Madrid"ga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.
Fikrlar