
Gvardiola: Serial tomosha qilishni yaxshi ko‘raman
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining sevimli mashg‘uloti haqida gapirib o‘tdi.
“Golf – mening eng sevimli xobbiyim. U futboldan keyingi mening eng yoqtirgan sport turim. Menga uni tomosha qilish yoqadi. Yozda men ham o‘ynashim mumkin, afsuski bunga vaqtim etmaydi. Bundan tashqari film va seriallar ko‘rishga ham qiziqaman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Gvardiola “Manchester Siti”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar