
Gvardiola shogirdini qiynayapti
“Manchester siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola markaziy himoyachi Jon Stounzga sovuq muomala qilishda davom etmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis o‘z jamoasida 26 yoshli futbolchiga imkoniyat bermoqchi emas. Gvardiola uning boshqa futbolchilar bilan raqobat qila olmasligini ta’kidlamoqda. Shu bois, “shaharliklar” rahbariyati qishki transferlar vaqtida Angliya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan himoyachini tezroq sotib yuborishga harakat qiladi.
Stounz joriy mavsumda premer-ligada atigi bitta uchrashuvda maydonga tushdi. Angliyalik mutaxassislar agar Jon vaziyatni o‘zgartirmasa, milliy terma jamoadagi o‘rnini yo‘qotib, Evropa chempionatidan chetda qolishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Fikrlar