
Gvardiola “Siti” Chempionlar ligasiga chiqolmasa nima bo‘lishini aytdi
“Manchester Siti” joriy mavsum chempionlik unvonini himoya qila olmaydi. “Liverpul” futbolchilari “shaharliklar”ning gegemonligini sindirishga yaqin turibdi.
Xosep Gvardiola shogirdlari kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasi va Angliya kubogi uchun kurashni davom ettirmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis jamoasi maqsadga etolmasa nima bo‘lishini aytdi.
- Meni eshiting, o‘zim ham Evropa Chempionlar ligasiga chiqishimizni istayman. Xo‘sh, bunga erisha olmasak nima bo‘ladi? Bu muammo bo‘ladi, lekin fojea emas.
Premer-ligada Chempionlar ligasiga chiqa olmagan va keyinchalik yana bu musobaqada qatnashgan jamoalar bor. “Manchester Siti” turnirda ketma-ket qanchadan beri qatnashib kelyapti? O‘n yilmi? Yo‘q, undan ham ko‘proq.
Lekin bungacha “Manchester Siti” Chempionlar ligasiga umuman chiqa olmagan. Biz imkonsiz narsalarni qilishga o‘rganib qolganmiz va yana shunday qilamiz. Biz albatta bu turnirga chiqamiz, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar