Gvardiola "Tottenxem" bilan bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 4 dekabr, 2023, 10:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" APL 14-turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda 3:3 hisobida durang o‘ynab, 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida o‘tkazib yuborilgan gol tufayli "shaharliklar" g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Tecno

Mazkur bahsni boshqarib borgan Saymon Xuper ko‘plab tanqidlar ostida qoldi. Referi Grilish birga-bir vaziyatga chiqib ketyotgan vaziyatda o‘yinni to‘xtatdi, chunki biroz oldin "shporlar" vakili fol ishlatgandi. Hakam esa Jekning to‘pni qabul qilib olganini ko‘rmay qolgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Gvardiola jurnalistlar savollariga javob berdi:

"Keyingi savol, bunga izoh berishni istamayman. Hakam o‘yinni davom ettiringlar deganidan keyin hushtakni chaldi. Uning qaroriga tushuna olmayapman... Biz juda ko‘p g‘alabalar qozondik. Futbol ba’zan hayotga o‘xshaydi; o‘zingizga munosib bo‘lgan narsani ololmaysiz".

Murabbiy muxlislarga ham murojaat yo‘lladi:

"Olti yil ichida 5 marta APL va Treblni qo‘lga kiritish normal emas. Rohatlanishda davom eting, lekin jamoa mag‘lubiyatga uchraganida biz bilan birga bo‘ling!", - dedi Gvardiola. 

"Manchester Siti" ushbu matchdan keyin turnir jadvalida 3-o‘ringa tushib ketdi. Oldinda klubni "Aston Villa"ga qarshi o‘yin kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!