
Gvardiola uchta superyulduzni olishdan voz kechdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub nishonida turgan uch nafar futbolchini jamoaga taklif qilish fikridan qaytdi.
Bu o‘yinchilar Qatardagi jahon chempionatida o‘z mamlakati terma jamoasi safida o‘z salohiyatini namoyish eta oldi. Shunga qaramay, “shaharliklar” bu yulduzlar uchun kurashdan chiqdi.
“Manchester Siti” mutasaddilari “Milan” hujumchisi Rafael Leau nomzodini o‘rganayotgan edi. Gvardiola portugaliyalik futbolchini olgandan ko‘ra, bor e’tiborni tinimsiz gol urayotgan Erling Xolandga qaratishni ma’qul topdi.
Xorvatiya terma jamoasi himoyasini mustahkam ushlab turgan Yoshko Gvardiol ham “Siti”ning ispaniyalik murabbiyi rejalariga kiritilmadi.
Nihoyat, Gvardiola Lionel Messi jamoasida jahon chempioni bo‘lgan 21 yoshli yarim himoyachi Entso Fernandes uchun kurashishni istamadi.
Fikrlar