Gvardiola Xoland ko‘p gol urayotgani sirini ochdi
“Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich to‘rtinchi turida “Etixad” stadionida Dortmundning “Borussiya” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvda to‘p kiritgan Erling Xoland uchta turli jamoalarda o‘ynab, qit’aning eng nufuzli musobaqasida qatosiga beshtadan o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan yagona futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.
Xosep Gvardioda o‘z futbolchisining rekordiga quyidagicha munosabat bildirdi.
- Har bir matbuot anjumaniga kirishimdan oldin Erling rekord o‘rnatyapti. Xoland uchun xursandman, u bunga munosib.
Eolandning atrofi qanchalik kuchli bo‘lsa, unga samarali harakatlarni amalga oshirish shuncha qulay bo‘ladi. Top-kdublarda jamoadoshlar har futbolchining imkoniyatini oshirib boradi, - dedi Xosep Gvardiola.
Norvegiyalik to‘purar “Manchester Siti”da 2022 yilning yozidan beri o‘ynab kelmoqda. “Shaharliklar” bilan 2034 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 21 ta gol yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar