Gvardiola Xoland “Real”ga qarshi o‘ynamagani sababini aytdi

  • 21 fevral, 08:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvida “Manchester Siti”ning asosiy to‘purari Erling Xoland “Real”ga qarshi maydonga tushmadi.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvadiola norvegiyalik hujumchining qiyin bahsda jamoasiga yordam bermagani sabablarini keltirib o‘tdi.

- O‘yindan oldin Erling mashq qilishga urinib ko‘rdi. Xoland “Nyukasl” bilan bo‘lgan bellashuvda shikastlangan edi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida olingan tekshiruv suratlari xavfli narsa yo‘qligini ko‘rsatdi. Lekin Erling yurganda va zinalardan tushib-chiqqanida oyog‘ida og‘riq his qildi. Bellashuvdan oldin u yonimga kelib, o‘zini yomon his qilayotgani va “Real”ga qarshi bahsga tayyor emasligini aytdi, - dedi Xosep Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Erling Xoland Angliya Premer-ligasining 25-turi doirasida “Nyukasl”ga qarshi bellashuvning 88-daqiqasida tizzasidan jarohat olgani bois, zaxiraga olingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!