Gvardiola Xolandga yangi vazifa qo‘ydi

  • 21 sentabr, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola norvegiyalik forvard Erling Xolandga yangi vazifa yukladi. Ispaniyalik mutaxassis 25 yoshli futbolchining Evropa Chempionlar ligasi tarixidagi eng zo‘r to‘purarga aylanishini istayapti.

Tecno

Gap shundaki, Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich birinchi turida Xoland “Napoli” darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa, Erling musobaqa tarixida 50 ta gol urish uchun eng kam o‘yin sarflagan futbolchi bo‘ldi. Bu marrani zabt etish uchun unga 49 ta uchrashuv kifoya qildi xolos.

Xoland avvalgi rekordni 13 ta uchrashuv yangiladi. Bungacha rekord natija Chempionlar ligasida 50 ta golni 62 ta o‘yinda kiritgan Ruud Van Nistelroyga tegishli edi.

Endi Xosep Gvardiola shogirdi musobaqa tarixidagi eng zo‘r to‘purar bo‘lishiga ishonyapti. Buning uchun Xoland qit’a miqyosidagi eng nufuzli turnirda kamida 141 ta to‘p kiritishi kerak. Amaldagi rekord sohibi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida jami 140 ta gol muallifi hisoblanadi.

- Bu ketishda Xoland Ronalduning rekordini urishi mumkin. Agar Erling jiddiy jarohat olmasa, yana 10-12 yil yuqori saviyada to‘p tepa oladi. Uning gol urish tempini inobatga olsa, rekordni yangilash ehtimoli yuqori.

Uning ko‘rsatkichlari hamma narsani ochiq-oydin ko‘rsatib turibdi. Xolandni olganimiz baxtimiz. Ruud van Nistelroy, Rober Levandovski, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kabi daholar safiga qo‘shilish Erling uchun aqlbovar qilmas yutuq bo‘ladi, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!