Gvardiola yozda "Yuventus"ga o‘tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Angliyaning "Manchester Siti" klubi Xosep Gvardiola "Yuventus" bilan kelishuvga erishgani haqidagi xabarlarga munosabatini bildirib o‘tdi.
“Mening “Siti” bilan amaldagi shartnomam tugashiga yana 2 yil bor va meni ishdan bo‘shatishmagunlaricha hech qaerga ketishni rejalashtirmayapman”, - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “keksa sinora” rahbariyati Massimiliano Allegrini iste’foga chiqarib, o‘rniga aynan Gvardiolani olib kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar