Gvardiolaning 10 yillik sovrinlari hisob-kitob qilindi
“Manchester Siti”ni 2016 yildan beri boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiolaning bosh murabbiy sifatida “shaharliklar” bilan qo‘lga kiritgan sovrinlari hisob-kitob qilindi.
Unga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis qariyb 10 yil davomida 19 ta musobaqada g‘olib chiqqani oydinlashdi.
“Manchester Siti” Angliya ligasi kubogi finalida “Arsenal”ni 2:0 hisobida yengib, joriy mavsumdagi birinchi sovriniga ega chiqdi.
Xosep Gvardiola manchesterliklarni boshqarayotganidan beri 6 marta Angliya chempioni bo‘lgan, 5 marta Liga kubogini yutib olgan, 3 marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan, 2 marta Angliya kubogida zafar quchgan.
Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida “Manchester Siti” xalqaro maydonda UEFA Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘olib chiqqan.
Fikrlar