Gvardiolaning kelajagi bo‘yicha kutilmagan qarori tasdiqlandi
Taniqli jurnalist va insayder Fabrizio Romano ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiolaning “Manchester Siti” bosh murabbiyi lavozimidan ketishi haqida ma’lumotlarni tasdiqladi.
- Pep Gvardiola “Manchester Siti”ga bu yozda klubni tark etishini ma’lum qildi. Qaror tasdiqlangan, rasmiy bayonot keyinroq e’lon qilinadi, chunki Pep yaqin vaqt ichida “Manchester Siti” muxlislari bilan xayrlashadi, - deb yozdi Romano o‘zining X sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon “Manchester Siti” bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning qo‘l ostida jamoa 20 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
“Shaharliklar” olti marta Angliya chempioni bo‘lishdi, jumladan ketma-ket rekord darajadagi to‘rtta chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, klub tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi.

Fikrlar