
Gyottse: Klopp bilan ishlash varianti haqida doim o‘ylab yuraman
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Mario Gyottse “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp bilan ishlash niyati bor ekanini bildirdi.
“O‘z vaqtida “Bavariya”ni tark etishga qaror qilganman, Klopp esa meni “Liverpul”ga chaqirmoqchi bo‘lgan. U bilan ishlash menga qizi edi, ammo “Borussiya” safiga qo‘shilishni afzal topdim. Ortga qaytganim esa menga ko‘p imkoniyatlar berdi
Klop bilan ishlash istagi menda hamisha saqlanib qolgan. U jahon darajasidagi murabbiy sanaladi. Shu sababli ham u bilan ishlash varianti haqida doim o‘ylab yuraman”, – dedi germaniyalik futbolchi.
Fikrlar