
Gyundogan dunyoning ayni damdagi eng zo‘r hujumchisi kimligini aytdi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan kimni dunyoning eng zo‘r hujumchisi deb hisoblashini aytdi.
“Menga Levandovski bilan o‘ynash juda ham yoqadi. Unda har doim yaxshi texnika bo‘lgan. Endi esa unga sovuqqonlik ham qo‘shildi. Men uni ayni damda dunyoning eng va so‘r serqirra hujumchisi deb hisoblayman”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Gyundogan va Levandovski o‘z vaqtida “Borussiya” Dortmund safida birga to‘p surishgan. Polshalik hujumchi joriy mavsum “Bavariya” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 39 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar