
Gyundogan Evropada 1-o‘ringa chiqib oldi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Tottenxem"ga (3:0) qarshi o‘yinda dubl muallifiga aylandi.
Shu tariqa 30 yoshli germaniyalik futbolchi 2021 yilda APLda kiritgan gollari sonini 9 taga etkazdi va Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida joriy yil hisobi bo‘yicha eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi.
Ilkay Gyundogan “Siti” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 26 ta o‘yinda ishtirok etdi va 13 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar