Gyundogan "Manchester Siti" bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan jamoadan ketishni rejalashtirmayapti.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli germaniyalik futbolchi “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar boshlashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Gyundoganga Milanning “Inter” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Gyundogan joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 49ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar