
Gyundogan "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Manchester Siti" klubi o‘zining rasmiy saytida germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2023 yilgacha tuzilgan. Ta’kidlash kerakki, avvalgi shartnoma 2020 yilning yozida o‘z nihoyasiga etar edi.
Ma’lumot uchun, Gyundogan “Manchester Siti” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 115ta o‘yinda maydonga tushdi va 17ta gol hamda 17ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar