Gyundogan "Siti" bilan shartnomasini uzaytirib, maoshi oshirilishini xohlamoqda
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan jamoa bilan tuzgan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 28 yoshli germaniyalik futbolchi “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasini yana 4 yilga uzaytirmoqchi va yangi kelishuvga ko‘ra maoshi oshirilishini xohlamoqda.
Ma’lumot uchun, Gyundogan “Manchester Siti” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum APLda 31ta o‘yinda ishtirok etdi va 6ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar