
Habib Nurmagomedov kelishilgan jang o‘tkazganmi?
Amerikalik sportchi va aktyor Oleg Taktarov faoliyatini yakunlagan Habib Nurmagomedovning Jastin Getjiga qarshi oxirigi jangi kelishilgan ekanini aytgandi. Rossiyalik promouter Vadim Finkelshteyn bunga javob qaytardi.
- Habib o‘z faoliyatini mening promoushenimda boshlagan. U qadriyatlarni qadrlaydigan jangchi sifatida qing‘ir ishlarni qilmaydi. Bunaqa narsalar unga kerak emas. UFC ham o‘zining mavqeini saqlab qolish uchun bunga yo‘l qo‘ymaydi. Habibning darajasi boshqa jangchilardan ancha yuqori va u buni maydonda ko‘rsata oldi. Oxirgi jangida ham etarlicha xavfli vaziyatlar bo‘ldi. Balki ayrim odamlar buni ko‘ra olmagandir.
Taktarovning ham o‘zini fikri bor. U sportchi bo‘lgan. Lekin men mutaxassis sifatida Habibning raqibidan ancha ustun ekanini ko‘rdim, - deydi Vadim Finkelshteyn.
Habib Nurmagomedov Jastin Getjini mag‘lub etganidan keyin sportchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. U UFC 29 ta g‘alaba bilan chempion sifatida tark etdi.
Fikrlar