
Habib Nurmagomedov: “Murabbiy, men bu jangdan juda xavotirdaman!"
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachevning murabbiyi Xaver Mendec Habib Nurmagomedov fevral oyida tashkil etilgan Islom Maxachevning Aleksandr Volkanovskiga qarshi jangidan oldin juda xavotirga tushganini tan oldi.
“Ushbu jang oldidan Habib menga qo‘ng‘iroq qilib: “Murabbiy, men bu jangdan juda xavotirdaman. Aleks juda zo‘r va men Islom haqida qayg‘uraman",-dedi. Men hammasi yaxshi, bu jangda g‘alaba qozonamiz, deb javob berdim. Qanchalik oson yoki qiyin bo‘lishini bilmasdim, ammo natija biz tomonda bo‘lishiga ishonchim komil edi. Men Habibga: "Sening tashvishingni tushunaman, lekin xavotirlanma", dedim. Va bu haqiqatan ham juda qiyin jang bo‘lib chiqdi ”, - dedi Mendes.
Eslatib o‘tamiz, 12 fevral kuni “UFC 284” turnirida Maxachev yaqin jangda Volkanovskini ochkolarga ko‘ra, mag‘lub etgandi.
Fikrlar