Habib Nurmagomedovga sabr tilaymiz

  • 19 may, 2020, 00:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC chempioni Habibning otasi Abdumanap Nurmagomedovning ahvoli yanada og‘irlashdi.

Tecno

Rossiya ommaviy axborot vositalari tarqatayotganga qaraganda, koronavirus bemorning o‘pkasiga jiddiy ziyon etkazgan. Bungacha Abdumanap Nurmagomedov insult bo‘lgani oqibatida tromb hosil bo‘ldi va o‘pkasining 75 foizi zararlangani aytilayotgan edi.

Endi esa 57 yoshli bemorning o‘pkasida shish rivojlanyapti.  U sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.  Reanimatsiyaga faqat kequrun oilasidan bir kishi kiritilyapti.

 Habib otasini davolatish uchun Dog‘istondan maxsus reys tashkil qilib, Moskvaga olib kelgan edi. U qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qildi. Endi unga sabr,  otasiga shifo tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!