Hakam jangni erta yakunlab qo‘ydimi? - Bahodir Jalolov munosabat bildirdi

  • 07.05.2023 20:54
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Bir necha daqiqadan so‘ng + 92 kg vazn toifasida avstraliyalik Teremoana Teremoana bilan ringga ko‘tarildi.

Jangning ikkinchi raundida avstraliyalik bokschiga uch bor hisob ochildi. Natijada hakam jangni erta yakunladi.

Shu tariqa, Bahodir Jalolov ikkinchi jangida muddatidan oldin g‘alaba qozonib, texnik nokaut qayd etdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng bokschimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

IMG_4980

- Birinchi raundda murabbiylarimiz shoshilmasligimni aytishgandi. Og‘ir vazn bo‘lgani uchun nazoratni ushlab turishim kerak edi. Lekin o‘zimni ushlab tura olmadim. Oldinga qarab intildim.

Chempion bo‘lish uchun raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar yutish kerak, deb o‘ylayman. Bugungi raqibim bilan birinchi marta jang o‘tkazidim. Ancha chidamli bokschi ekan, shuncha zarbalarga dosh berdi.

Hakam nega to‘xtatdi? Bilmadim, bu hakamlarning qarori. Men oxirigacha jang qilar edim.

Finalda kim bilan jang qilishimning farqi yo‘q. Chempion bo‘lish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz, - dedi Bahodir Jalolov.

IMG_4986

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!