Hakamlarimiz JCh-2022 saralash bosqichining muhim uchrashuvlarini boshqarish boradi

  • 1 iyun, 2021, 16:13
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, iyun oyi davomida Osiyo qit’asi terma jamoalari 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvlarini o‘tkazadi. O‘zbekistonlik bir qator arbitrlar mazkur bahslarda hakamlik qilish uchun OFK tomonidan chaqiruv oldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

FIFA hakami Ilgiz Tantashev Bahraynda bo‘lib o‘tadigan “C” guruhi uchrashuvlarida faoliyat olib boradi va unga yon qanotda Andrey Tsapenko ko‘maklashadi.

O‘zbekistonlik FIFA yordamchi hakami Ruslan Serazitdinov Qatarda o‘tishi rejalashtirilgan “E” guruhi o‘yinlarida ishlaydi.

Shuningdek, BAA mezbonlik qiladigan “G” guruhi bahslariga Vladislav Tseytlin FIFA nazoratchisi etib tayinlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!