Hakamlarimiz U17 Osiyo Kubogi saralashida ishlashadi

  • 23.11.2025 19:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekistonlik hakamlar U-17 Osiyo kubogi saralash uchrashuvini boshqaradi. Bu haqida O‘FHM matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ertaga Vetnamda 2026 yilgi U-17 Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘llanma beruvchi saralash bahsi bo‘lib o‘tadi.

Unda Vetnam va Shimoliy Maryana orollari terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Xabarga qaraganda, ushbu muhim uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Bosh hakam: Rustam Choriev
Yordamchi hakam: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!