Hakimi agentining bayonotiga qarama-y, "Real"ga qaytishni istamoqda

  • 26.03.2026 02:51
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi hali ham "Real Madrid"ga qaytishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ramon Alvares xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining agenti kecha marokashlik o‘yinchi parijlik klubni tark etmoqchi emasligini aytgan bo‘lsa-da, futbolchining o‘zi baribir "qaymoqranglilar" safiga qo‘shilishni istamoqda. U yozda "Real"ga transfer amalga oshirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Ashraf madridliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021 yildan buyon PSJ safida to‘p tepib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!