Hakimiga APLning 3 grandi qiziqish bildirmoqda

"Inter" himoyachisi Ashraf Hakimi jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

"Calciomercato" nashrining xabariga ko‘ra, marokashlik futbolchi xizmatiga APLning 3 klubi qiziqish bildirmoqda. "Manchester Siti", "Chelsi" va "Arsenal" himoyachi uchun kurash olib borishga tayyor. 

Milan klubi Hakimining transferidan kamida 40 million evro ishlab olmoqchi. Ashraf joriy mavsum 20ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta golni o‘z safiga yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!