Hakimining xaridorlari ko‘paymoqda
Mavsumni ijara asosida “Borussiya” Dortmund safida o‘tkazayotgan “Real” himoyachisi Ashraf Hakimiga bir qator grand klublardan takliflar bo‘lmoqda.
Shartnomaga ko‘ra, 21 yoshli marokashlik futbolchi yozda “qirollik klubi”ga qaytib ketishi kerak. Ammo, dortmundliklar uni tarkibda saqlab qolishmoqchi.
Hakimiga shuningdek, «Yuventus», PSJ, «Bavariya», «Chelsi», «Tottenxem» va «Arsenal» klublaridan ham takliflar bor. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Ashraf Hakimi joriy mavsum Bundesligada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar