Hali Messi, Mbappe va Xoland darajasiga etaman!

  • 3 yanvar, 2024, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” hujumchisi Rafael Leau o‘zining o‘yin uslubi haqida gapirdi.  Portugaliyalik futbolchiga barqarorlik etishmaydi va ko‘pinchi muxlisu mutaxassislar tanqidiga nishon bo‘ladi.

Iste’dodli hujumchi yuqori darajada o‘ynashiga nima halaqit qilayotgani haqidagi savollarga javob berdi.

- Menga nima etishmaydi? Men xudbin emasman. O‘zim ham gol urishim mumkin, lekin jamoadoshimga qulay pas uzatish imkoniyati bo‘lsa, albatta to‘pni unga uzataman. Yuqori darajada har bir raqam muhim hisoblanadi.

Lionel Messi, Kilian Mbappe va Erling Xoland ham jamoadoshlariga golli pas uzatadi. Ular qayd etayotgan ko‘rsatkichlar buni ko‘rsatib turibdi.

Men ham ularning darajasiga eta olaman, - dedi Rafael Leau.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!