
Hamidjon Aktamov: "Yutqazsang sotdi, yutsang sotib oldi deyishadi" (Intervyu)
"Surxon" - "Qizilqum" bahsidan so‘ng, ko‘plab bahsli vaziyatlar paydo bo‘lishni boshladi. Ularning barchasi aylanib-o‘rgilib "Surxon"da ish boshlagan Hamidjon Aktamovga borib taqalgani rost. Biz, vaziyatni oydinlashtirish maqsadida "uchar tulporlar" menejeri bilan aloqaga chiqdik.
Negadir "Surxon"ning "Qizilqum" ustidan qozogan g‘alabasini futbol olami vakillari qanday qabul qilganidan xabaringiz bor. Aytingchi, bunday engil qozonilgan g‘alabaning siri nimada?
- Aslida, raqib va bizni o‘yinimizni solishtirish kerak. Bizning futbolchilar hozir ajoyib formada va o‘yin sifati oshgan. Raqib, so‘nggi turlarda qanday o‘yin ko‘rsatayotganini ko‘rib turibsizlar. Agar statistikaga qaraydigan bo‘lsak, o‘yinda barcha aspektlarda raqibdan yaxshiroq to‘p tepdik. Bilmadim-ku, lekin bizda hech narsa tabiiy qabul qilinmaydi. Yutsang sotib oldi, yutqazsang o‘yini berib yubordi deyishadi. Xo‘sh, biz "Qo‘qon 1912", "Loko" va "Sug‘diyona"ni engdik. Demak, bu jamoalar ham o‘yinni bizga sotgan bo‘lib chiqyaptimi? Mana shu o‘yinlarda urgan gollarimizga e’tibor qiling, ortiqcha o‘zimni oqlamoqchi emasman.
Siz kelganingizdan so‘ng, jamoa natijalari yaxshilandi. Bunga asosiy sabab nima deb o‘ylaysiz?
- Birinchi navbatda, biz klub va futbolchilar o‘rtasidagi barcha qarzlarni berkitdik. Ahillikni tikladik. Futbolchilar o‘z vaqtida maoshini olmoqda. Asosiysi, ishimizda baraka bor. Tarixda natija qoladi. Bizga hozir eng muhimi shu. Boshqasiga e’tibor bermayman.
Rejalaringiz qanday? "Surxon" bilan hamkorlikni davom ettirmoqchimisiz?
- To‘g‘risi, bu haqda o‘ylamadim. Asosiy vazifamiz ligada qolish va buni uddalashga yaqinmiz. Men futbolni yaxshi ko‘raman va u bilan birga yashayman. Bu xayotim mazmuni. Aslida, menda boshqa jamoalardan ham 4-5 taklif bor edi. Menga rahbariyatning futbolga bo‘lgan munosabati yoqdi. Ular yaxshi saviyadagi jamoa shakllantirish ilinjida mehnat qilmoqda.
Agar jamoa qoladigan bo‘lsangiz , kelasi mavsumda jamoani tarkibini kuchaytirish haqida o‘ylayapsizmi?
- Rejalarimiz o‘zgarmasa, tarkibni kuchaytirishni o‘ylab qo‘yganmiz. Yaxshi saviyadagi legionerlar va tajribali futbolchilar yordamida yangi marralarni zabt etishni istaymiz.
Fikrlar
Профессионалов не обманешь: никакие "слабые соперники" или "сильные свои" не могут на профессиональном уровне пропускать такие голы, как второй в раму "Кызылкума". Эта команда тоже в порядке, с "Насафом" здорово отыграли и показали уровень. А тут такой детский гол! Шестеро защитников смотрят, как их двое раздели! Кидаются под замах, как дети, или стоят и наблюдают. // Кому он вешает лагман?! Уж не мне точно повесит.
P.s. Две его команды (!), одной надо было срочно победить! Ну и сделали. Только так по-детски, что весь мир сломался от хохота и негодования одновременно!.. Я, например, плевался. И да, нет ни малейшего уважения к этим псевдофутболистам, которые идут на такой позор. Они разлагают футбол, как и организаторы этих афер.