"Hamma bizdan qo‘rqadi, birinchisida penalti bor edi, ikkinchisida esa..." - Dragan Cheran

  • 5 sentabr, 2022, 22:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Sovrinlar yutishini ko‘rishga odatlanib qolganimiz -“Paxtakor” bu mavsumda bitta sovrindan ayrildi. O‘zbekiston Kubogi chorak finalida Namanganda “Navbahor”ga mag‘lubiyatga uchrab musobaqani tark etdi. Tabiiyki, “Sherlar” endi bor e’tiborini chempionatga qaratishadi.

Tecno

Maksim Shatskix bosh murabbiy bo‘lib kelgach, hozircha o‘zi istagan o‘yinni yo‘lga qo‘ya olganicha yo‘q. “Navbahor”ga qarshi ketma-ket ikkita o‘ynagan “Paxtakor” turlicha taassurot qoldirdi.

Masalan, chempionat doirasida 1:1 hisobi bilan yakunlangan uchrashuvda ular yaxshiroq taassurot qoldirishgandi. Kubokda esa “Navbahor”da golli imkoniyatlar ko‘proq bo‘ldi. “Paxtakor” boshqalarda kuchsizlangandek taassurot ham uyg‘otyapti.

Shu sababli Cheran bilan aloqaga chiqdik. Suhbatni esa avval Kaxi Maxaradze bilan bog‘liq savol bilan boshladik, lekin Dragan bundan o‘zini olib qochdi.

- Dragan, “Lokomotiv” sardori Kaxi Maxaradze bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha nima degan bo‘lardingiz?

- “No comment”.

- Nega? Biror munosabat bildira olmaysizmi?

- Men bu haqida hech nima deya olmayman.

cheran2

- Tushunarli. U holda ayting-chi, “Paxtakor”ning “Navbahor”ga mag‘lub bo‘lgan o‘yini xususida fikringiz qanday?

- Biz bu uchrashuvda o‘zimizning xatolarimiz evaziga mag‘lubiyatga uchradik. Albatta, vaziyat bunday tus olganidan juda afsusdamiz. Endi barcha e’tiborimizni chempionatga qaratamiz. Chempionlikni himoya qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatni ishga solamiz.

- O‘sha o‘yin mobaynida siz “Navbahor” sardori Azim Ahmedov bilan tortishib ketdingiz. Bunday bo‘lishiga nima sabab bo‘lgandi?

- Buning barchasi futbol. U meni qanday haqorat qilganini aytmayman. Futbol – bu ehtiros va barchasi shunday nihoyasiga etishi kerak. Men uni maydonda ko‘rmadim. Faqatgina uchrashuv so‘nggida baraban urayotganini ko‘rdim.

cheran1

- Shuningdek, “Paxtakor” darvozasiga belgilangan ikkita penaltiga munosabatingizni ham bilmoqchiman...

- Hakam borasida biror izohim yo‘q. Faqat shuni aytishim mumkinki, birinchisida penalti bor edi. Ikkinchisida esa vaziyatni yaxshilab ko‘rish uchun sifatli kameralar yo‘q edi.

- Nima deb o‘ylaysiz, “Paxtakor” futbolchilariga Maksim Shatskixning uslubiga moslashish qiyinchilik tug‘diryaptimi?

- Har bir o‘zgarish qiyin. O‘yinchilar talablarga moslashishlari kerak.

- “Paxtakor”ni O‘zbekiston Kubogi finallarida ko‘rishga odatlanib qolgandik. Bu musobaqani ertaroq tark etgani klub qora chiziqdaligini bildiradimi?

- Ha, men finallarda o‘ynashga o‘rganib qolganman. Men 5 ta finalda o‘ynaganman. Mayli, hech qisi yo‘q. Bu – futbol.

cheran

- Namangandagi mag‘lubiyatdan keyin jamoaning kayfiyati qanday?

- Keyingi o‘yinga, yangi g‘alabalar uchun oldinga harakatlanishga tayyormiz.

- Yuqorida o‘zingiz ham aytganingizdek, “Paxtakor” bor e’tiborini chempionatga qaratishi aniq. Ammo bu erda ham oson emas. Chempionlik uchun imkoniyat haqida gap ketganda nima degan bo‘lardingiz?

- Hamma bizdan qo‘rqadi. Chunki barcha bizda eng yaxshi va sifatli jamoa borligini biladi. Hech kim bizga hech nima qila olmaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
06/09/2022 10:37
Чемпионлик Кубок эгаси яхши лекин халкаро мусобакалар команда даражасини курсатади савияси пасайгани йук бошка командалар хам узгаряпди балки уларда ютук булиши мумкин. ( Катар Саудия Япония Ж Корея командаларига карши уйинда доимо пахтк тинчийди шунга маслашиб колган нимадир етишмайди шунинг учун бошка командалар хозир азартда турибди Насаф Сугд ва Навбахор ........ хам ютиши мумкин)
TURDIYEV AKRAMJON
06/09/2022 09:52
Ман манликни окибати ёмон Кудрик хамма сизлардан куркмаслигини
Абдурахман Абдувалиев
06/09/2022 20:23
Энди хакамлар Пахтакорни қулоғидан тортиб юрмаяпти, ўз холига ташлаб қўйилгандан кейин Пахтакордан аста секин хеч ким чўчимай ўйнаяпти. 20 йил еталаб юришди. Черанда эса хакамларга йиғлашдан бошқа нарса қолмабди, Наманганда Азим Черанни гирибонидан олмаганда, майдонда кўринмади хам. Ман манликни орқасидан кубокни хам бой бердинг, энди навбат чемпионликни бой беришга, олға, Осиё мушуклари!
&
Muhiddin
06/09/2022 14:38
Жамоаларимизни кучи очлда билинади. Ички чемпионат бу йил жуда қизиқ бўлябди
rar fon
06/09/2022 09:23
aaaaaaaaaa
rar fon
06/09/2022 09:22
aaaaaaaa
Aziz Yuldashev
06/09/2022 00:41
Охирги жумладан тушуниш мумкинки Пахтакорга қарши кампания бор. Бекорга бу жумлани ишлатмади Черан. Майли кутамиз, кузатамиз
Пахтакор 14 карра чемпион, 13 карра кубок сохиби. Яна 10 йил хеч нима ютмаса хам хеч бир жамоа яқинига келолмайди совриндорликда. Омад Пахтакорга.