Hamma yuz o‘girgan Serxio Ramos olis o‘lkalardan o‘ziga yangi jamoa topdi
Ispan futboli tarixidagi eng zo‘r himoyachilardan biri Serxio Ramos o‘tgan mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan ishsiz qolgan edi.
39 yoshli futbolchi “Real” va PSJdagi faoliyatidan keyin o‘zini tarbiyalagan “Sevilya”ga qaytib, qadrdon jamoasida bir muddat to‘p tepdi.
Yozda Ramos bir necha klublar bilan muzokara olib bordi. Unga Evropa klublaridan “Roma” va “Galatasaroy” qiziqish bildirdi. Biroq transfer amalga oshmadi.
Yaqinda Braziliyaning “Vasko da Gama” jamoasi ham ispan himoyachisi bilan muzokara o‘tkazdi. Ramos talab qilgan maoshning kattaligi braziliyaliklarning hafsalasini pir qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tajribali futbolchi Meksikaning “Monterrey” jamoasida to‘p tepadigan bo‘lyapti. Manbalarning ma’lum qilishicha, muzokaralar juda yaxshi davom etmoqda.
Ramosning “Monterrey”ga transferi tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.
Serxio futbolchilik faoliyatida jami 30 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. U jahon va Evropa chempioni, Ispaniya va Frantsiya chempionatlari g‘olibi, Chempionlar ligasida to‘rt marta zafar quchgan o‘yinchi hisoblanadi.
Fikrlar