
Hammasi sotib yuborilsin! “Chelsi”da misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar bo‘ladi
“Chelsi” mavsumni o‘ta muvaffaqiyatsiz yakunladi. Klub xo‘jayini Todd Byoli argentinalik bosh murabbiy Maurisio Pochettino yordamida kelasi mavsum umuman boshqacha tarkib tuzishga qaror qilgan.
Yanvarda olingan ikki nafar futbolchi – Mixail Mudrik va Noni Madueke mavsum oldi yig‘inlarida murabbiylar shtabiga nimalarga qodirligini isbotlab berishi shart.
Jamoadan ketishi kutilayotgan Kay Xaverts o‘rniga “Vilyarreal” forvardi Nikolas Jekson keladigan bo‘lyapti.
Maydon markazi vakillari – N'Golo Kante, Mateo Kovachich, Konor Gallaxer va Meyson Maunt ham ketadigan ko‘rinadi. Pochettino bu futbolchilar orasida faqatgina Mauntni olib qolishni so‘ragan.
Yanvarda transfer qilingan Entso Fernandes yoniga “Brayton”dan Moyzes Kaysedo va “Sautgempton”dan Romeo Laviya keladi. Nishonda bir necha klub talashayotgan Deklan Rays ham bor.
Maurisio Pochettino darvozani “Milan” posboni Mayk Menyanga topshirmoqchi. Kepa Arrisabalaga va Eduar Mendi yangi jamoa qidiryapti.
Yozda “Chelsi” Per-Emerik Obameyang, Meyson Maunt, Sezar Aspilikueta, Mateo Kovachich, Kay Xaverts, Ruben Loftus-Chik, Konor Gallaxer, Kalidu Kulibali, Armando Broya, Hakim Ziesh, Denis Zakariya, Joao Feliks bilan xayrlashishga tayyor.
Fikrlar