
Haqiqiy dahshat! “MYu” himoyachisining barmog‘iga nima qildi?
“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich Instagram’dagi sahifasiga klubdoshlari – darvozabon David De Xea va himoyachi Erik Bayi bilan tushgan suratini yukladi.
Kutilmaganda, ushbu surat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. Bunga asosiy sabab Bayining kichik barmog‘i bo‘ldi. Suratda uning barmog‘i notabiiy holtada bo‘lib turibdi.
Mazkur rasmni ko‘rgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va “MYu” muxlislari Bayining barmog‘iga nima qilgani haqida batafsil ma’lumot berilishini so‘rashdi.
Fikrlar