
Harri Keyn “Arsenal”dan haydalgani oshkor bo‘ldi
“Arsenal”ni katta g‘alabalar sari etaklagan sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya terma jamoasi va Tottenxem”ning etakchi hujumchisi Harri Keyn “kanonirlar” akademiyasida tarbiyalanganini bilmaganini tan oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, angliyalik hujumchi bolaligida “Arsenal” akademiyasida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan. Biroq, bir mavsumdan so‘ng “kanonirlar” bo‘lajak yulduzni klubdan haydab yuborgan.
- Bu haqida umuman bilmas edim. O‘shanda to‘qqiz yosh bo‘lgan ekan. Harri Keyn bizda o‘ynaganidan xabarim bo‘lmagan. Bilganim 11 yoshida “Tottenxem”ga borgan, - dedi Arsen Venger SPORTBible nashriga bergan intervyusida.
28 yoshli Harri Keyn ayni paytda Angliya terma jamoasi sardori hisoblanadi.
Fikrlar