Harri Keyn o‘rnini Italiya yulduzi bosadi

  • 6 iyul, 2021, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Tottenxem”ning yangi sport direktori Fabio Paratichi Angliya Italiya terma jamoasi etakchilaridan hisoblangan Lorentso Insineni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumki, londonliklar asosiy to‘purari Harri Keyn kuchliroq klubga o‘tib ketish ilinjida yuribdi va bu hujumchi uchun 100 million funt berishga tayyor klublar borligi aytilmoqda. 

“Napoli” safida yuqori saviyada o‘ynayotgan 30 yoshli Insine ham o‘z imkoniyatlarini boshqa chempionatda sinab ko‘rishga tayyor.

O‘tgan mavsumda Insine A Seriyada 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 19 marotaba ishg‘ol qildi va ettita golli pas oshirdi.

Uning neapolliklar bilan kelishuvi kelasi yili yakunlanishini inobatga olib, transfer summasi 48 million evro bo‘lishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!