Hasanboy Do‘smatov navbatdagi jangini o‘tkazadi. Jang sanasi va raqib ham ma’lum

  • 18 dekabr, 2020, 17:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov professional boksda ilk jangini 2019 yil 16 noyabrda Xesus Servantesga qarshi o‘tkazib, uni muddatidan avval taslim etgan edi.

Tecno

Koronavirus pandemiyasi va viza muammolari tufayli yurtdoshimizning faoliyatida biroz tanaffus bo‘ldi. Va nihoyat, Do‘smatov ikkinchi jangini o‘tkazadi. Bokschining saytimizga ma’lum qilishicha, 24 dekabr kuni u Rossiyada ringga ko‘tariladi. Raqibi mezbonlar vakili, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Artyom Tkachenko bo‘ladi. Jang ikkinchi super o‘ta engil vazn (52, 163 kg) toifasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Tkachenko professional boksda 5 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 3 bora raqiblarini nokautga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!